

#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi
Termiz shahrida mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish, oilalar farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov tashabbusi bilan “Alpomish” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari asosida atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hal etish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlil yakunlari bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyatida belgilangan yo‘nalishlar ijrosini kuchaytirish, aholi muammolariga manzilli yondashish va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — mahallada aholi manfaatlarini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va har bir murojaatning amaliy yechim topishiga erishishdir.