Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 275707
Gallery image 275708
Gallery image 275709
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
26 Okt 2026
15:02

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Murojaatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shaxnoza Umarova “Chimyon” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ularning mazmun-mohiyati hamda yuzaga kelish sabablari tahlil qilindi. Murojaatlarda bayon etilgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, har bir murojaatni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash hamda natijasi bo‘yicha fuqarolarga ma’lumot berishga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar murojaatlari-deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.