Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 275703
Gallery image 275704
Gallery image 275705
Gallery image 275706
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
14:31

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Sessiya_oldi_örganish
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDAN O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S.Eshonqulov saylov okrugiga qarashli “G‘urjak 2” mahallasi hududida joylashgan 48-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📝 Jumladan, maktabdagi isitish tizimlarining holati, mavjud jihozlarning sozligi, yoqilg‘i zaxirasi hamda bino va inshootlarning sovuq mavsumga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

🌡 Ayniqsa, qish mavsumida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay va iliq sharoit yaratish, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur deputatlik nazorati ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube