Barcha yangiliklar
25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
24 Okt 2026
15:02

25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari!

Sizlarni 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda xalq osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli faoliyatingiz alohida e’tirofga loyiq.

Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, sharafli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi.