Barcha yangiliklar
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati  Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-oktabr — 24-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
24 Okt 2026
15:01

#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-oktabr — 24-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Hafta davomida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati va deputatlarimiz tomonidan rasmiy telegram sahifa orqali 90 dan ortiq tadbir va uchrashuvlar keng yoritib borildi.

Har bir chiqishda hududlardagi dolzarb masalalar va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar sarhisobi bilan quyidagi telegram kanalimizdagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

▫️Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi;

▫️Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi;
▫️Termiz shahridagi maktablarda ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari o‘rganildi;
▫️“Ma’rifat” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi deputatlik nazoratidan o‘tkazildi;
▫️“Jayhun” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi;
▫️“Bo‘ston” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi;
▫️Muammolar joyida o‘rganilmoqda: “Bo‘ston” mahallasidagi Qirqqiz ko‘chasini asfaltlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi;
▫️“Bo‘ston” mahallasida sanitariya holati o‘rganildi: Qirqiz ko‘chasidagi chiqindixona deputatlik nazoratiga olindi;
▫️“Farxod” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi;
▫️Keksalar haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda;
▫️ “Turon” mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi;
▫️“Turon” mahallasida ekologik vaziyat deputatlik nazorati doirasida muhokama qilindi;
▫️Sanoat zonalari faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi;
▫️“Salomatlik sari”: deputat tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi;
▫️Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 26-sessiyasi bo'lib o'tdi;
▫️Fuqarolarning ijtimoiy ahvoli joyida o‘rganildi;
▫️“Surxon sohili” mahallasida tadbirkorlik orqali oilaning daromad manbai yaratildi;
▫️“Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati: yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi;
▫️“Jo‘yjangal” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati tartibida o'rganildi;