




SESSIYADA: OLMAZOR TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BÖLIMINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BÖYIÇA HISOBOTI EŞITILDI
SESSIYADA: OLMAZOR TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BÖLIMINING KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BÖYIÇA HISOBOTI EŞITILDI
Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği Yöldaşev Umid Xatamdjanoviçning 2026–2027-yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, mavsumni betalafot ötkaziş hamda iste’molçilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlaş borasida tumanda amalga oşirilayotgan işlar töğrisidagi hisoboti tinglandi.
➡️ Hisobotda qiş mavsumini xavfsiz va barqaror ötkaziş, aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyaviy holatlarning oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi.
➡️ Xususan, bugungi kunda Olmazor tumanidagi 64 mingdan ortiq elektr energiyasi iste’molçisiga 11 ta podstansiya, 1,2 ming kilometr elektr tarmoği va 438 ta transformator orqali xizmat körsatilmoqda.
➡️ Mavsumga tayyorgarlik doirasida 78 kilometr elektr tarmoği va 117 ta transformator mukammal ta’mirlandi. Şuningdek, 24 kilometr yangi elektr tarmoği qurilib, 34 ta transformator örnatildi.
➡️ Elektr ta’minotida yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etiş maqsadida zarur transformatorlar, kabellar, moy va boşqa ehtiyot qismlar zaxirasi şakllantirildi. Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytariş uçun 4 ta ta’mirlaş brigadasi, 12 nafar mutaxassis va 8 ta maxsus texnika jalb etişga tayyorlandi.
➡️ Hisobotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalaniş ham mavsum davomida barqaror ta’minotni saqlaşning muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.
⚡️Yiğiliş davomida kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, mavjud muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda aholi uçun xavfsiz va qulay şaroit yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!