







MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT: PQ-1-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN HISOBOT TINGLANDI
MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT: PQ-1-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN HISOBOT TINGLANDI
📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşining III çaqiriq 38-sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi.
🎙 Sözga Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği, polkovnik Xasanov Ibrohim Islamoviç çiqib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş borasida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar haqida axborot berdi.
Qayd etilişiça, tuman prokuraturasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar, tegişli taşkilot va muassasalar vakillaridan iborat ştab faoliyati yölga qöyilgan. Şuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasiga mas’ul idoralar faoliyatini kunlik nazorat qiliş va natijalarini sörab boriş mexanizmi joriy etilgan.
📊 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oşirilgan işlar:
🔹 Rahbarlarning mahallalardagi faoliyati: mahallalarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan jami 169 ta örganiş amalga oşirilgani qayd etildi.
🔹 Huquqiy tarğibot: aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan 1 309 ta manzilli tarğibot tadbiri ötkazildi. Jumladan, voyaga yetmaganlar örtasida 90 ta, xotin-qizlar örtasida 477 ta, tarbiyasi oğir yoşlar bilan 55 ta hamda probatsiya hisobida turgan şaxslar örtasida 702 ta tadbir taşkil etildi.
🔹 Jinoyatçilikning oldini oliş: mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar 154 marotaba aholi iştirokida muhokama qilindi.
🔹 Yoşlar bilan işlaş: oğir toifadagi 511 nafar yoş bilan profilaktik işlar olib borildi. Ulardan 99 nafari zamonaviy kasblarga öqitildi, 148 nafari işga joylaştirildi, 215 nafarining ijtimoiy-maişiy muammolari hal etildi, 34 nafari kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilindi, 15 nafari esa Jasorat maktablariga joylaştirildi.
🔹 Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş: Yoşlar işlari agentligining hududiy bölimlari tomonidan 652 ta tadbir ötkazildi. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan 16 ta tadbir taşkil etildi.
🔹 Yoşlar bilan psixologik-profilaktik işlar: maktablar, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar muassasalari va yoşlar markazlarida özini anglaş, hissiy stressni boşqariş hamda özaro yordam könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan 203 ta seminar ötkazildi.
🔹 Ta’lim muassasalarida xavfsizlik: içki işlar organlari tomonidan umumta’lim maktablarida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan 209 ta profilaktik tadbir ötkazildi. Hisobotda 46 ta maktab öquvçisidan xavfli buyumlar olib qöyilgani ham qayd etildi.
🔹 Xotin-qizlar salomatligi: tuman soğliqni saqlaş hamda oila va xotin-qizlar bölimlarining hududiy vakillari tomonidan reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş böyiça 4 165 ta çora-tadbir amalga oşirildi.
🔹 Oilaviy nizolar profilaktikasi: nizoli oilalarda yaşovçi xotin-qizlarning 142 ta muammosi tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etildi, 116 marotaba ularning turmuş şaroiti örganildi. Şuningdek, öz joniga qasd qiliş holatlarining oldini olişga qaratilgan 75 ta suhbat taşkil etildi.
🔹 Oilaviy totuvlikni mustahkamlaş: oilaviy nizolar böyiça 106 ta murojaat mahallalardagi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş komissiyalarida muhokama qilinib, nizosiz hal etildi.
📍 Mazkur işlar mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlaş, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş va oldini oliş, yoşlar hamda xotin-qizlar bilan manzilli işlaş, oilaviy nizolarni bartaraf etiş va aholi osoyiştaligini ta’minlaşga qaratilgan.