Barcha yangiliklar
ISTIROHAT BOG‘LARI VA YASHIL ZONALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 275672
Gallery image 275673
Gallery image 275674
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
14:45

ISTIROHAT BOG‘LARI VA YASHIL ZONALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

ISTIROHAT BOG‘LARI VA YASHIL ZONALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan tumandagi istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish, saqlash hamda ulardan foydalanish holatini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

👥 Mazkur yo‘nalishda o‘rganish ishlarini olib borish uchun ishchi guruh shakllantirildi.

🔎 Shu bilan birga, Kengashning tegishli doimiy komissiyasi raisi, deputat J.Ochilov tuman Kreativ parki rahbari bilan uchrashdi.

🙏 Uchrashuv davomida yoshlarning kasb-hunar va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, innovatsion g‘oya va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📋 Ishchi guruh tomonidan istirohat bog‘larining mavjud holati, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilgan dam olish sharoitlari hamda yashil hududlarni muhofaza qilish choralari o‘rganiladi.

✅ O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.