

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kumakov tomonidan Ravod, Zangiboy va Iskandari mahallalarida mahalla yettiligi faoliyati, xususan, soliq qarzdorliklarini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tumandan biriktirilgan soliq xodimi Bahodir Aliyevning faoliyati hamda mahallalarda mavjud soliq qarzdorligi holati tahlil qilindi.
📊 2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra:
▪️ Ravod mahallasi — 247 nafar fuqaro hisobida 200 million so‘m soliq qarzdorligi;
▪️ Zangiboy mahallasi — 595 nafar fuqaro hisobida 458 million so‘m soliq qarzdorligi;
▪️ Iskandari mahallasi — 578 nafar fuqaro hisobida 807 million so‘m soliq qarzdorligi mavjud.
📌 O‘rganish jarayonida soliq qarzdorligini kamaytirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash, qarzdorlikni undirish choralarini kuchaytirish hamda mahalla yettiligi va biriktirilgan soliq xodimi hamkorligini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🙏 Deputatlik o‘rganishlari hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va mahallalar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.