Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI
Gallery image 275668
Gallery image 275669
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
14:42

SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI

SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Turkman MFY profilaktika inspektori bilan suhbat o‘tkazildi.

🌐 Suhbat davomida Ichki ishlar bo‘limi (IIB) rahbarining hisoboti oldidan mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, mahallada osoyishtalikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mavjud muammolarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

👍 O‘rganish natijalari navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda tegishli xulosalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️