Barcha yangiliklar
YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 275667
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
13:06

YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov tomonidan tumandagi Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘rganish olib borildi.

✅ O‘rganish davomida bo‘limning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishdan iborat.