





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🌿 MAHALLA OBODLIGI — BARCHAMIZNING ISHIMIZ!
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q.Raxamov saylov okrugiga qarashli “Chag‘atoy” mahallasida obodonlashtirish ishlarini yaxshilash yuzasidan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
🤝 Mazkur uchrashuvda mahalla xotin-qizlar faoli M.Mamataliyeva ham ishtirok etib, mahallaning tozaligi, hududlarni obod saqlash, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni ozoda saqlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🗣 Suhbat davomida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etish hamda har bir xonadon va ko‘chada tozalik madaniyatini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi.
🌱 Zero, obod mahalla — farovon hayot, sog‘lom muhit va aholi kayfiyatining ko‘zgusidir. Mahalla ravnaqi yo‘lida har bir fuqaroning faolligi va tashabbusi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube