









MIROBOD TUMANIDAGI “OLTINKO‘L” MAHALLASIDA MOLIYAVIY SAVODXONLIK VA KIBERXAVFSIZLIKNI OSHIRISH BO‘YICHA AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️MIROBOD TUMANIDAGI “OLTINKO‘L” MAHALLASIDA MOLIYAVIY SAVODXONLIK VA KIBERXAVFSIZLIKNI OSHIRISH BO‘YICHA AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibeyev tashabbusi va bevosita ishtirokida Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining moliyaviy va raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot-ma’rifiy uchrashuv hamda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
🔺 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning moliyaviy, huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, internet firibgarligi va moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
🔐 Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari va mobil bank xizmatlaridan xavfsiz foydalanish, elektron to‘lovlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlik choralariga rioya etish hamda internet orqali sodir etiladigan firibgarlik holatlaridan himoyalanish usullari tushuntirildi.
📱 Xususan, shubhali internet havolalariga kirmaslik, SMS orqali yuboriladigan tasdiqlash kodlari, bank kartalarining maxfiy ma’lumotlari va shaxsiy parollarni begonalarga oshkor etmaslik, ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on xabarlar va soxta takliflarga nisbatan hushyor bo‘lish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
💻 Amaliy mashg‘ulotlarda fuqarolar my.gov.uz, my.soliq.uz hamda e-anticor.uz elektron platformalari orqali davlat xizmatlaridan foydalanish, soliq ma’lumotlarini olish va korrupsiya holatlari yuzasidan elektron murojaat yuborish tartiblari bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarning mobil telefonlar orqali mazkur xizmatlardan mustaqil foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🔺 Tadbirda mahallaning 20 nafardan ortiq fuqarosi ishtirok etdi. Uchrashuv davomida aholini qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan moliyaviy xavf-xatarlar, kiberfiribgarlik va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi yuzasidan fikr almashildi.
⚖️ Deputat Toshpo‘lat Matibeyev ishtirokidagi muloqotda korrupsiyaning oldini olishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
📋 Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, davlat xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirish, aholining huquqiy manfaatlarini himoya qilish, moliyaviy huquqbuzarliklar va firibgarlikning oldini olish hamda mahallalarda huquqiy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.
🤝 Shuningdek, mahallalarda bunday amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish fuqarolarning raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanishi, davlat organlariga elektron murojaat qilish madaniyatini rivojlantirish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
♻️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibeyev tashabbusi bilan “Oltinko‘l” mahallasida o‘tkazilgan mazkur amaliy mashg‘ulot aholining moliyaviy xavfsizligini mustahkamlash, raqamli savodxonligini oshirish hamda elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash