


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Sessiya_oldi_örganish
📍 MAHALLA NURONIYSI BILAN UCHRASHUV
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashning 5-sonli “Guliston–Galaguzar” saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida yashovchi mahalla nuroniysi Sh.Qulsoatov bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mahalla obodligi va farovonligini ta’minlash, aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni yanada rivojlantirish borasida taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, nuroniylarning fikr va takliflarini o‘rganish hamda mahallalarda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube