Barcha yangiliklar
#oylik_ish_ reja  Deputatlar faoliyati va sessiyalarni yoritish masalalari muhokama qilindi.
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
26 Okt 2026
13:34

#oylik_ish_ reja Deputatlar faoliyati va sessiyalarni yoritish masalalari muhokama qilindi.

#oylik_ish_ reja

Deputatlar faoliyati va sessiyalarni yoritish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, har oyda o‘tkaziladigan sessiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni belgilangan tartibda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sessiyalar jarayonini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, muhokama etilayotgan masalalar va qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan aholiga tezkor hamda ishonchli axborot yetkazish, sessiyalarni jonli efir orqali namoyish etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, kotibiyat faoliyati bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar ijrosi, deputatlarning o‘z saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlik faoliyatini muntazam yoritib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda aholining mahalliy Kengash faoliyati haqidagi xabardorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.