Barcha yangiliklar
"Yashil makon" umummilliy loyiha borasida ko'chat ekish aksiyasi o'tkazildi.
Gallery image 34006
Gallery image 34007
Gallery image 34008
Gallery image 34009
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
04 Apr 2025
15:54

"Yashil makon" umummilliy loyiha borasida ko'chat ekish aksiyasi o'tkazildi.

    Joriy yilning 2- aprel kuni Bo'ka tumanidagi 54-o'rta taʼlim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyiha borasida ko'chat ekish aksiyasi o'tkazildi. 

    Ekologik partiya aʼzolari S.Temirxonova boshchiligida sifatli har-xil mevali ko'chatlarni keltirishib, maktab bog'boni ishtirokida yerga mehr ila o'tqazishdi. Bu esa o'z-o'zidan ustozlar bog'iga aylandi. 

    Ushbu tadbirga taklif etilgan xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputatlari A.Nishonov va D.Po'latovlar ko'chat ekishda qatnashishdi. 

     Ushbu ko'chatlar ekib bo'lingandan so'ng, ustozoda X.Yahyoev rahbarligida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.