

#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganis #Doimiy_komissiya_faoliyati #Biriktirilgan_tashkilot
#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganis
#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan Angor tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati doirasida mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi hamda ajratilgan mablag‘lardan foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S. Aymurodov tomonidan mahalliy budjet mablag‘larining taqsimlanishi, ularning belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi hamda budjet mablag‘larining 30 foizini “Ochiq budjet” jarayonlariga yo‘naltirish masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, budjet mablag‘larining shaffofligini ta’minlash hamda aholining hududlarni rivojlantirishga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.