Barcha yangiliklar
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Gallery image 275643
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
23 Okt 2026
13:28

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Angor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markaz direktori Sh. Qo‘yliyev murojaatlar bilan ishlash holati, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan asosiy masalalar hamda ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda murojaatlarning asosiy qismini bolalar nafaqasi bilan bog‘liq masalalar tashkil etmoqda.

Markaz rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, joriy kunning o‘zida 15 ta murojaat kelib tushgan. Bu esa aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji va murojaatlar bilan ishlash tizimini doimiy takomillashtirib borish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘rganish jarayonida murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatish hamda har bir murojaat yuzasidan aniq choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan oldindan tayyorlangan savolnoma asosida alohida o‘rganish ishlari ham olib borildi.


Mazkur o‘rganish yakunlari navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masala yuzasidan tegishli xulosalar tayyorlash va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.