Barcha yangiliklar
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
Gallery image 275642
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
23 Okt 2026
13:28

#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 13-“Angor” saylov okrugidan saylangan deputat A.Jo'rayev hududida Tuman Kengashi kotiibyati mudiri M.Yarmatov tashabbusi bilan 12-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasasining isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binolarning issiqlikni saqlash holati, atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish hamda bolajonlar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.