Barcha yangiliklar
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #19¹-modda #162_ta_Qonun
Gallery image 275641
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
23 Okt 2026
13:26

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #19¹-modda #162_ta_Qonun

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#19¹-modda
#162_ta_Qonun

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-“Angor” saylov okrugi deputati A. Jo‘rayev hududida Kengash kotibiyati mudiri M. Yarmatov tashabbusi bilan hududdagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati, mahsulotlar zaxirasi hamda oshxonaning sanitariya-gigiyena holati o‘rganilib, tegishli tahlillar olib borildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, zaxira mahsulotlarini belgilangan talablar asosida saqlash hamda oshxonada sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-595-son) ijrosini ta’minlash holati bo‘yicha tayyorlangan maxsus savolnoma asosida tegishli masalalar ham ko‘rib chiqildi.


Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida belgilangan talablar ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishd