



SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI “BELTEPA” MAHALLASIDA DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol
❗️ SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI “BELTEPA” MAHALLASIDA DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Beltepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida deputat tashabbusi bilan barpo etilayotgan yangi bolalar maydonchasidagi qurilish ishlarining borishi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔺 Mazkur loyiha mahalla aholisining murojaatlari asosida bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz o‘yin maydonchasini tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida ilgari surilgan.
🔎 O‘rganish davomida deputat Umid Sanakulov qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, maydonchaning belgilangan talablarga muvofiq barpo etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
♻️ Pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, o‘yin maydonchasini zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda foydalanishga topshirishda xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
🌳 Yangi bolalar maydonchasi foydalanishga topshirilgach, mahalladagi bolalar uchun qulay o‘yin va dam olish maskaniga aylanishi, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda hudud obodligini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.
📉 Tashrif davomida deputat Umid Sanakulov mahalla faollari va aholi vakillari bilan ham muloqot qilib, ularni qiynayotgan masalalar, hududdagi mavjud muammolar hamda mahallani yanada obod qilishga qaratilgan takliflarni tingladi.
🤝 Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimiga ko‘maklashish hamda bolalar maydonchasi qurilishining sifatli yakunlanishini nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
💡 Mazkur ishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, mahallalarda bolalar uchun o‘yin va sport maydonchalarini tashkil etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga sharoit yaratish, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi murojaatlari asosida mavjud muammolarni manzilli hal etish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.
⚖️ Deputat Umid Sanakulov tomonidan aholining taklif va murojaatlarini amaliy tashabbuslarga aylantirish, mahallalarda bolalar manfaatlariga xizmat qiladigan infratuzilmani rivojlantirish hamda qurilish ishlarining sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🗣 “Beltepa” mahallasida deputat Umid Sanakulov tashabbusi bilan barpo etilayotgan yangi bolalar maydonchasi aholi murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri bo‘lib, uning qurilish jarayoni deputat nazoratida davom etmoqda.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash