

#Doimiy_komissiya_faoliyati #Sessiya_oldi_o‘rganish #Ekspert_guruhi _hamkorlikda
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Sessiya_oldi_o‘rganish
#Ekspert_guruhi _hamkorlikda
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarning hisoboti tinglandi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida Angor tumani hokimining o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Suyun Abdurahmonov mazkur qaror ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Hisobot doirasida qarorda belgilangan vazifalarning tumanda bajarilishi, qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokama yakunida doimiy komissiya tomonidan masala yuzasidan tegishli xulosa qilindi