
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI
🏛 2026-yil 23-oktabr kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📋 Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1️⃣Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2018 yil 17 avgust, 671-son) ijrosi holatini ko‘rib chiqish.
2️⃣ Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari uchun tavsiya etilgan 24 ta masalaning ijrosi holatini muhokama qilish.
🌐 Asosiy maqsad — belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash.
👍 Doimiy komissiya yig‘ilishi deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash va hududdagi dolzarb masalalarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.