






SESSIYA OLDIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
SESSIYA OLDIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
🌱 Issiqxona majmuasini sotib olish xarajatlari o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 Kengash kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ yo‘naltirish masalasi doirasida joyiga chiqib o‘rganish amalga oshirildi.
📍 O‘rganish obyekti — Paxtakor MFY, Anxor qishlog‘i, 44-uy manzilida joylashgan, umumiy yer maydoni 1 gektar bo‘lgan issiqxona majmuasi.
📑 Mazkur majmuani Tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansiga o‘tkazish maqsadida uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida, 10 foiz boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan holda, qolgan qismini 7 yil (84 oy) davomida foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish xarajatlariga 340 000,0 ming so‘m mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
📌 Ushbu masala tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha daromadlar prognozidan ortiq bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida sessiya muhokamasiga kiritilgan.
✅ Maqsad — sessiya kun tartibidagi masalalarni oldindan o‘rganish, mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalarini tahlil qilish hamda deputatlarning asoslangan qaror qabul qilishi uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish.