Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASIDA SUV MINORASI QURILISHI MASALASI KO‘RIB CHIQILADI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
13:02

DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASIDA SUV MINORASI QURILISHI MASALASI KO‘RIB CHIQILADI

 DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASIDA SUV MINORASI QURILISHI MASALASI KO‘RIB CHIQILADI

💧 Olmazor mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash choralari belgilanmoqda

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Akram Xaliqovich Abdimuratov tomonidan Olmazor mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Pastdarg‘om tumani filiali boshlig‘i X. Sayfievga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

📌 Mazkur masalani hal etish yuzasidan tuman mahalliy budjetining 2026-yil I va II choraklarida daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida Olmazor mahallasida suv minorasi qurilishi masalasi ko‘rib chiqiladi.

💧 Ushbu tashabbus mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, suv bosimini barqarorlashtirish hamda aholining kundalik ehtiyojlari uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

✅ Maqsad — fuqarolarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish.

✅ Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalaning tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi aholi murojaatlari va hududiy muammolarni hal etishda deputatlik nazoratining muhimligini ko‘rsatadi.