
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
🎓 32-sonli maktab uchun yangi tashqi hojatxona qurilishiga mablag‘ ajratiladi
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Barchin Musakulovna Sadikova tomonidan tumandagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi hojatxonasi yaroqsiz holatda ekanligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
🔎 Mazkur masala yuzasidan bildirilgan deputatlik so‘rovi tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.
😀 Tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiq bajarilishi hisobidan navbatdagi Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi sessiyasida ushbu maktab uchun yangi tashqi hojatxona qurilishiga mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqiladi.
✅ Ushbu tashabbus maktabda sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish hamda ta’lim muassasasi infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
🌐 Deputatlik so‘rovlarining amaliy natijasi — aholi va yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan muammolarning hal etilishidir!