
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI IJOBIY HAL ETILDI
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI IJOBIY HAL ETILDI
🎓 20-sonli maktab uchun shifer va issiqlik qozoni ajratildi
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Akbarjan Egamberdiyevich Turdikulov tomonidan 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ta’lim sharoitlarini yaxshilash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📌 Mazkur so‘rovda maktab binosining tom qismini ta’mirlash uchun 50 dona shifer hamda sovuq mavsumda ta’lim muassasasini yetarli darajada isitish maqsadida 1 dona issiqlik qozoni ajratish masalasi ko‘tarilgan.
🤩 Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.
✅ Natijada maktabning moddiy-texnik ehtiyojlarini ta’minlash, bino tomini ta’mirlash va isitish tizimini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam tashlandi.
🙏 Ushbu amaliy natija deputatlik so‘rovlarining ahamiyati, mahalliy budjet mablag‘larini aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlariga yo‘naltirish hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi hamkorlikning muhimligini ko‘rsatadi.
✅ Maqsad — o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz, qulay hamda munosib ta’lim sharoitlarini yaratish.
📍 Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!