
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
💧 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Ma’ruf Kilichov tomonidan Baxshiboyi mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni hal etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi.
📍 Mazkur deputatlik so‘rovi mahallada yashovchi fuqarolarning ichimlik suvi taqchilligi, mavjud suv minorasining aholi ehtiyojini to‘liq qoplamayotgani hamda 1970-yilda qurilgan suv minorasini rekonstruksiya qilish masalalariga qaratilgan edi.
📄 2026-yil 15-oktabrda “Samarqand suv ta’minoti” Pastdarg‘om tumani filiali rahbari X. Sayfiyevga yuborilgan 274-ds-487-26-sonli deputatlik so‘roviga belgilangan tartibda javob olindi.
✅ Deputatlik so‘rovlariga javoblar olinishi va ularda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi ustidan nazorat olib borilishi fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarning qonuniy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!