Barcha yangiliklar
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:59

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tuman prokurori J.Xolmurodovning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida prokurorlik nazoratining 2026-yil 9 oylik holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

🔎 Yig‘ilishda tumanda
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar bilan manzilli ishlash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

➕ Qayd etilishicha, 2026-yilning 9 oyi davomida tuman hududida 668 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 191 taga ko‘p.

Jinoyatlarning 311 tasi yoki 47 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

✏️ Muhokama davomida jinoyatchilikning o‘sishiga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur tahlil qilish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, xavf guruhidagi fuqarolar bilan individual ishlash hamda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🤩 Yig‘ilish yakunida tegishli mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.