Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:58
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN ALISHER NAVOIY OKRUGI SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERILDI
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN ALISHER NAVOIY OKRUGI SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERILDI
Xalq deputatlari Pastdar‘om tumani Kengashining 11- saylov okrugidan saylangan deputati Mardonova Dilfuza Abduxalimovna 3-chorak yakunlari bo‘yicha A.Navoiy mahallasi aholisiga deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuvda elektr, gaz, ichimlik suvi, yo‘l, “Toza hudud”, obodonchilik, pensiya, bandlik tashkilot vakillari, “mahalla yettiligi” hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Deputat o‘z axborotida III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib o'tdi:
1. Turon mahallasining ichki ko‘chalari asfaltlashtirish ishlari bajarildi. 2. A.Navoiy mahallasidagi elektr ta’minoti va ko 'cha chiroqlari muammosi bartaraf etildi.
🔔 2026-yil 3-chorakdagi deputatlik faoliyatining asosiy natijalari: Mahallada tashkil etilgan 2 ta sayyor qabul va 5 ta deputat qabulida ishtirok etdi.
3 ta o‘rganish tadbirida ishtirok etdi.
8 ta deputatlik so‘rovi yubordi.
3 ta qonunchilikka oid masala yuzasidan taklif va munosabat bildirdi.
12 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etdi.
3-chorak davomida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining 14 ta sessiyasida ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol qatnashdi. Deputat o‘z axborotida III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib o'tdi.
Mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 28ta murojaat deputat tomonidan o'rganib chiqildi.
✍️Deputat faoliyati qoniqarli deb baholandi.
✔️ Yig‘ilish davomida mahalla hududida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mahalla hududini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda boshqa qator masalalar yuzasidan saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yig‘ilishda ishtirok etgan ma'sul tashkilot vakillariga taqdim etildi.
📌 Bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosi Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining 11- saylov okrugi deputati Mardonova Dilfuza Abduxalimovna tomonidan nazoratga olindi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi kotibiyati
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️