Barcha yangiliklar







TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:54
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLAR BILAN ISHLAMOQDA
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLAR BILAN ISHLAMOQDA
🏠 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova Kamolot mahallasi raisi bilan suhbatlashib, mahalladagi mavjud muammolarni muhokama qildi.
🗣️ Suhbat davomida mahallaning Tinchlik ko‘chasida aholiga maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
📄 Mazkur muammoni bartaraf etish, aholiga gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan tuman gaz bo‘limidan amaliy yordam so‘raldi.
🙏 Deputat tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ishlari davom ettirilmoqda.