Barcha yangiliklar
ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN FOYDALANISH HOLATI YUZASIDAN RASMIY XAT YUBORILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:53

ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN FOYDALANISH HOLATI YUZASIDAN RASMIY XAT YUBORILDI

ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN FOYDALANISH HOLATI YUZASIDAN RASMIY XAT YUBORILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan navbatdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

📄 Shu munosabat bilan doimiy komissiya raisi O‘tkirjon Shukurov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari A. Gafurovga 2026-yil 22-oktabr kuni rasmiy xat yuborildi.

🔎 Rasmiy xatda tumandagi mavjud ishlab chiqarish maydonlari, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan obyektlar holati, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📋 Shuningdek, taqdim etiladigan ma’lumotlarda obyektlarning nomi va manzili, umumiy maydoni, amaldagi foydalanish holati, foydalanilmayotgan bo‘lsa, buning sabablari hamda ularni faoliyatga jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar aks ettirilishi belgilangan.

🎯 Mazkur ishlar ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni ishga solish va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini deputatlik nazorati doirasida o‘rganishga qaratilgan.