


DEPUTATLIK NAZORATI: FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI: FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
🙏 O‘rganish jarayonida tuman Kadastr palatasi mas’ullari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarining mazmuni, ko‘tarilgan masalalar va ularning qonunchilik doirasida hal etilishi bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqildi.
🔎 Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga aniqlik kiritish, ularni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga e’tibor qaratildi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida qonunlar ijrosini o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga yechim topish va aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.