Barcha yangiliklar
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 275600
Gallery image 275601
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:49

10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI

10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Gulmera Bozorova tomonidan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi savdo markazida narx-navo holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarining amaldagi narxlari bilan tanishildi.

🛒 Shuningdek, iste’mol bozoridagi narxlar holati, zarur mahsulotlar mavjudligi hamda aholi manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🙏 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, savdo sohasidagi mavjud holatni o‘rganish va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.