Barcha yangiliklar
3-BAND IJROSI: SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
Gallery image 275597
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:47

3-BAND IJROSI: SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI

 3-BAND IJROSI: SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D.Mardonova tomonidan Turon mahallasidagi 8-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida sport zalining moddiy-texnik holati, mavjud sharoitlar hamda yoshlar va o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

🎓 Mazkur holat o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sport muhitini yaratish, sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish nuqtayi nazaridan tegishli choralar ko‘rishni taqozo etadi.

📌 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sport zalini ta’mirlash va zarur sharoitlarni yaxshilash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.