Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: BAXSHIBOYI MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 275592
Gallery image 275593
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
12:45

SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: BAXSHIBOYI MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: BAXSHIBOYI MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kilichov tomonidan Baxshiboyi mahallasida navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish elektr tarmoqlari rahbarining hisoboti oldidan tashkil etilib, mahallada elektr energiyasi ta’minoti holati, mavjud elektr tarmoqlarining ahvoli hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

⚡️ Shuningdek, elektr ta’minotida mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

📋 O‘rganish natijalari navbatdagi Kengash sessiyasida elektr tarmoqlari rahbarining hisobotini muhokama qilishda hamda tegishli xulosalarni shakllantirishda foydalaniladi.