



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Mahalladagi ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Dilshod Soliyev "Oliy Himmat" mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi. Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim fuqarolarning ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilayotganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan individual ijtimoiy xizmatlar rejalari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishi tashkil qilinayotgani, zarur hollarda, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli tuzatishlar kiritib borilayotganligini xam ma’lum qildi.
O‘rganish natijalari asosida deputat aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar hamda aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berdi.