





Oilaviy nizolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
#kotibiyat_va_tashkilot_hamkorligi
#ekspert_guruhi
Oilaviy nizolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati va Paxtakor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida oilaviy nizolarni muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda nizoli oilalardagi mavjud muammolar atroflicha o‘rganilib, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda ajrimlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, tomonlarni murosaga keltirish va oilaviy totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Zero, oilani asrab-avaylash, unda tinchlik va totuvlikni ta’minlash — jamiyat farovonligining muhim omilidir.