





“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan “Baynalminаl” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mas’ullar mahalla ko‘chalarini kezib, yoshlar yetakchisining faoliyat yo‘nalishlari, yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdilar.
Jumladan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda muammoli vaziyatga tushib qolgan yoshlar bilan individual ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar yetakchisining mahalla va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni joyida aniqlab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
📌 Maqsad — yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish hamda mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.