




MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov tomonidan Namangan shahridagi Gulbog‘ mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurilib, sayyor qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla ko‘chalaridagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda fuqarolarning taklif va murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘tarilgan masalalarni joyida ko‘zdan kechirish orqali ularning sabablarini aniqlash va yechimini topish yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning holidan xabar olinib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida aholini qiynayotgan muammolar tinglanib, murojaatlarni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar, jumladan, aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va hududdagi dolzarb masalalar yechimi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifalariga hamohangdir.
Bunday o‘rganishlar deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini mustahkamlash, fuqarolar murojaatlari yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda mahallalardagi dolzarb masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Asosiy maqsad — aholi muammolarini joyida aniqlash, murojaatlarning yechimiga amaliy ko‘maklashish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash.