Barcha yangiliklar
“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 275550
Gallery image 275551
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
26 Okt 2026
12:01

“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan “Baynalminаl” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ham e’tiborga olindi.

Deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida aholi, jumladan, xotin-qizlar muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlarini nazoratga olish va yechim topish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish, muammolarni manzilli hal qilish hamda ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Maqsad — xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.