







GULBOG‘ MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
GULBOG‘ MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov tomonidan Namangan shahridagi Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud masalalarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
Qabul davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar bilan murojaat qildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimini topish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, har bir murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sayyor qabul davomida deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur sayyor qabul deputatlarning aholi oldidagi mas’uliyati va hisobdorligini ta’minlash, fuqarolarning muammolarini bevosita joyida o‘rganish hamda mahalladagi dolzarb masalalar yechimiga amaliy ko‘maklashishga xizmat qiladi.
📌 Asosiy maqsad — aholi murojaatlarini tinglash, muammolar yechimiga amaliy ko‘maklashish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦