Barcha yangiliklar
“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 275537
Gallery image 275538
Gallery image 275539
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
26 Okt 2026
11:53

“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 “BAYNALMINAL” MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan “Baynalminаl” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi faoliyat yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallani ko‘chama-ko‘cha o‘rganish orqali fuqarolarning bandlik va daromad bilan bog‘liq muammolarini aniqlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholining iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

Deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va fuqarolarning murojaatlari yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Maqsad — mahallada yangi daromad manbalarini yaratish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar farovonligini yuksaltirish.