Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 275527
Gallery image 275528
Gallery image 275529
Gallery image 275530
Gallery image 275531
Gallery image 275532
Gallery image 275533
Gallery image 275534
Gallery image 275535
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
26 Okt 2026
11:53

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️ Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining III chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdilar.

🔺 Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi, Bektemir tumanida xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

📋 Dastlab Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov so‘zga chiqib, tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga e’tibor qaratdi. Xususan, jinoyatchilikning o‘sishi, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hisobotlarda keltirilayotgan ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

♻️ Shuningdek, sessiyada Bektemir tumani prokurori J. Nuriddinov hamda tuman IIO FMB boshlig‘i A. Djagbarovning mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot va hisobotlari tinglandi.

🤝 Muhokamalar davomida yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda mahallalarda videokuzatuv va texnik qo‘riqlash tizimlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov ham sessiya davomida kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol ishtirok etib, hududlarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan muhokamalarda qatnashdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash