




“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
“BAYNALMINAL” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan “Baynalminаl” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar muammolarini aniqlash va hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalladagi ijtimoiy masalalarni manzilli hal qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son “Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyati va hamkorligini samarali ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari ham e’tiborga olindi. Mazkur qarorda mahalla yettiligi a’zolarining vazifalari va o‘zaro hamkorligini samarali tashkil etish masalalari belgilangan.
Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’uliyatni oshirish va fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida mahallada aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Maqsad — mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy yechimlarni ta’minlash.