
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILADI
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILADI
🏛 2026-yil 22-oktabr kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📋 Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1️⃣ Tuman mahalliy budjeti parametrlarining 2026-yil to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risida. Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmanazarovning hisoboti eshitiladi.
2️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son qarorida belgilangan ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
🔎 Yig‘ilishda mazkur masalalar muhokama qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud holat yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirilishi ko‘zda tutilgan.