




DEPUTAT O‘Z FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
DEPUTAT O‘Z FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, 9 oy davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan aholi oldida hisobot berdilar.
Uchrashuv davomida deputatlik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududda mavjud muammolarni hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, jamoatchilik fikrini inobatga olish va deputatlik nazorati samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vakolatlar doirasida deputatlik faoliyatining ochiqligi, hisobdorligi va saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday uchrashuvlar deputatlar faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini mustahkamlash, aholi bilan doimiy muloqotni rivojlantirish hamda mahallalarda mavjud dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.
📌 Asosiy maqsad — aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, deputatlik faoliyati yuzasidan jamoatchilikka muntazam hisobot berish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash.