





OLMAZOR TUMANIDAGI “OLIMPIYA” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA AHOLINI QIYNAYOTGAN MASALALAR O‘RGANILDI
#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol
❗️ OLMAZOR TUMANIDAGI “OLIMPIYA” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA AHOLINI QIYNAYOTGAN MASALALAR O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova hamda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva tomonidan Olmazor tumanidagi “Olimpiya” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🔺 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
🔎 Deputat Frangiza Akramova tomonidan mahalladagi mavjud muammolarni bevosita o‘rganish, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash va ularning murojaatlariga manzilli yondashish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
📁 Muloqotda mahalla ichki yo‘llari va yoritish tizimi, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, tozalikni ta’minlash hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
📉 Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
🤝 Uchrashuvda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va mahalla yettiligining boshqa vakillari bilan hamkorlikda mavjud masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimiga qaratilgan takliflarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.
📋 Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi, xususan, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, kommunal infratuzilma, obodonlashtirish va yoshlar bilan ishlash masalalari bilan bevosita bog‘liq.
⚖️ Deputat Frangiza Akramova mahallalardagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarni deputatlik nazorati doirasida ko‘rib borishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
💡 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova hamda Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva tomonidan “Olimpiya” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuv hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni muhokama qilishga xizmat qildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash