

PARCHACHANDIR MAHALLASIDA 2 TA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATISH MASALASI KO‘TARILDI
PARCHACHANDIR MAHALLASIDA 2 TA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATISH MASALASI KO‘TARILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmuratov tomonidan Parchachandir mahallasida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash va aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatlik so‘rovida mahalladagi mavjud elektr tarmoqlari va transformatorlarning texnik holatini o‘rganish, aholi ehtiyojidan kelib chiqib, 2 ta yangi transformator o‘rnatish zaruratini texnik jihatdan baholash masalalari ko‘tarildi.
🌐 Shuningdek, so‘rovda:
✅ Transformatorlarning zarur quvvati va o‘rnatish manzillarini aniqlash;
✅ Ularni o‘rnatish uchun zarur mablag‘ va uskunalar hajmini belgilash;
✅ Moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
✅ Ishlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va muddatlarni belgilash so‘raldi.
✅ Mazkur tashabbus mahalla aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish hamda xonadonlarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan.
🌐 Deputatlik so‘rovi hududiy elektr ta’minoti korxonasining Pastdarg‘om tuman bo‘limi rahbari U. Salimov nomiga yuborildi.