

25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
#tabrik #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari hamda soha faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
🛡 El-yurt osoyishtaligi, qonun ustuvorligi va jamiyat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli xizmatingiz yuksak e’tirofga loyiq. Ayniqsa, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlaringiz mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligida muhim o‘rin tutadi.
✨ Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining xalq bilan hamnafas bo‘lib, fuqarolar murojaatlariga e’tibor bilan yondashishi, qonuniylik va adolat tamoyillarini qaror toptirish yo‘lidagi faoliyati jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
💐 Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha soha xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi ezgu ishlarida kuch-g‘ayrat tilaymiz.
🇺🇿 Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va qonun ustuvorligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatingiz uchun tashakkur!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ichki ishlar organlari xodimlari!
🇺🇿 Hurmat bilan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash